Sura Al-Isra (Isro — الإسراء) (Oyat 70)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




17 Al-Isra(الإسراء), Oyat 70

وَلَقَدْ كَرَّمْنَا بَنِي آدَمَ وَحَمَلْنَاهُمْ فِي الْبَرِّ وَالْبَحْرِ وَرَزَقْنَاهُمْ مِنَ الطَّيِّبَاتِ وَفَضَّلْنَاهُمْ عَلَىٰ كَثِيرٍ مِمَّنْ خَلَقْنَا تَفْضِيلًا 70 ٧٠

Batahqiq, Biz Bani Odamni azizu mukarram qilib qo`ydik va ularni quruqligu dengizda (ulov-la) ko`tardik hamda ularni pok narsalar ila rizqlantirdik va uni O`zimiz yaratgan ko`p narsalardan mutlaqo afzal qilib qo`ydik. (70)

Tafsir
Biz Odam bolalarini azizu mukarram aylab, unga aql berdik va otalariga farishtalarni sajda qildirdik. Uning ostiga quruqlikda ot-ulovni berib qoʻygan boʻlsak, dengizda kemalarni ato etdik. Unga pok yeyimliklar, ichimliklar va juftlar kabi nematlarni inom ayladik. Ularni juda koʻp maxluqotlarimizdan oʻta afzal qildik. Bas, ular Alloh ato etgan bu nematlarga shukr qilsinlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin