Sura Al-Isra (Isro — الإسراء) (Oyat 7)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




17 Al-Isra(الإسراء), Oyat 7

إِنْ أَحْسَنْتُمْ أَحْسَنْتُمْ لِأَنْفُسِكُمْ ۖ وَإِنْ أَسَأْتُمْ فَلَهَا ۚ فَإِذَا جَاءَ وَعْدُ الْآخِرَةِ لِيَسُوءُوا وُجُوهَكُمْ وَلِيَدْخُلُوا الْمَسْجِدَ كَمَا دَخَلُوهُ أَوَّلَ مَرَّةٍ وَلِيُتَبِّرُوا مَا عَلَوْا تَتْبِيرًا 7 ٧

Agar yaxshilik qilsangiz, o`zingiz uchun yaxshilik qilasiz. Agar yomonlik qilsangiz ham, o`zingiz uchundir. Bas, keyingi(buzg`unchilik)ning va'da vaqti kelganda, yuzingizni qora qilishlari uchun, masjidga avval kirganlaridek kirishlari uchun va egallagan narsalarini tamoman parchalashlari uchun (bandalarimizni yuborurmiz). (7)

Tafsir
Ey Bani Isroil, vazifalaringizni talab qilingandek bajarib, yaxshi ishlarni qilsangizlar, ularning mukofoti oʻzlaringizga boʻladi. Alloh amallaringizdan behojat. Yomonlik qilsangizlar ham uning yomon oqibati oʻzlaringizni tutadi. Allohga yaxshilik qilib foyda ham keltirmaysizlar, yomonlik qilib zarar ham. Ikkinchi buzgʻunchilik sodir boʻlganda yana ustingizga dushmanlaringizni hukmron qilib qoʻyamiz. Ular sizni sharmanda qilib, yuzingizni qora qilib, oʻzingizni xor qilib, Baytul-Maqdisga oldin qanday kirgan boʻlsa, yana oʻshanday kirib, uni batamom xarobazorga aylantiradilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin