Sura Kahf (G‘or — الكهف) (Oyat 105)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




18 Kahf(الكهف), Oyat 105

أُولَٰئِكَ الَّذِينَ كَفَرُوا بِآيَاتِ رَبِّهِمْ وَلِقَائِهِ فَحَبِطَتْ أَعْمَالُهُمْ فَلَا نُقِيمُ لَهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَزْنًا 105 ١٠٥

Ana o`shalar Robbilari oyatlariga va unga ro`baro` kelishga kufr keltirganlardir. Bas, ularning amallari habata bo`ldi. Qiyomat kuni ularga hech qanday vazn bermasmiz. (105)

Tafsir
Ana oʻshalar Parvardigorning yagonaligiga dalolat qiluvchi oyatlariga kufr keltirgan va U Zot bilan roʻbaroʻ boʻlishni inkor qilgan badbaxtlardir. Shu bilan kofirliklari kasofatidan ularning qilgan amallari habata ketur va Qiyomat kunida Allohning huzurida ularning zarracha qadr-qiymati qolmas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin