Sura Kahf (G‘or — الكهف) (Oyat 110)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




18 Kahf(الكهف), Oyat 110

قُلْ إِنَّمَا أَنَا بَشَرٌ مِثْلُكُمْ يُوحَىٰ إِلَيَّ أَنَّمَا إِلَٰهُكُمْ إِلَٰهٌ وَاحِدٌ ۖ فَمَنْ كَانَ يَرْجُو لِقَاءَ رَبِّهِ فَلْيَعْمَلْ عَمَلًا صَالِحًا وَلَا يُشْرِكْ بِعِبَادَةِ رَبِّهِ أَحَدًا 110 ١١٠

Sen: «Men ham sizlarga o`xshagan basharman. Menga, shubhasiz, ilohingiz bitta iloh ekani vahiy qilindi. Bas, kim Robbiga ro`baro` kelishni umid qilsa, yaxshi amal qilsin va Robbi ibodatiga birontani sherik qilmasin», degin. (110)

Tafsir
Ey Paygʻambar ayting: "Men ham sizlar kabi bir insonman. Menga vahiy qilinmoqdaki, chin mabudingiz (ilohlikda) yagona mabuddir. Uning sherigi yoʻqdir. U Allohdir. Kim Parvardigoriga roʻbaroʻ boʻlishdan qoʻrqsa, shariatga toʻgʻri keladigan yaxshi amalni ixlos bilan qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda U Zotga hech kimni sherik qilmasin".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin