Sura Al-Kahf (G‘or — الكهف) (Oyat 14)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




18 Al-Kahf(الكهف), Oyat 14

وَرَبَطْنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ إِذْ قَامُوا فَقَالُوا رَبُّنَا رَبُّ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ لَنْ نَدْعُوَ مِنْ دُونِهِ إِلَٰهًا ۖ لَقَدْ قُلْنَا إِذًا شَطَطًا 14 ١٤

Ularning qalblarini mustahkamladik. Qachonki turdilar, bas: «Bizning Robbimiz osmonlaru yerning Robbidir. Undan o`zgani hargiz iloh deya duo qilmaymiz. Agar shunday qilsak, nohaq so`zni aytgan bo`lurmiz. (14)

Tafsir
Ularning qalblarini iymon bilan mustahkam, barqaror qildik. Ularga vatandan hijrat qilish mashaqqatlariga sabr ato etdik. Shunda ular kofir podshoh qoʻl ostida turib, shunday dedilar: "Biz iymon keltirgan Parvardigor osmonlaru yerning Parvardigoridir. Undan oʻzga soxta ilohlarga hargiz ibodat qilmasmiz. Undan Oʻzga ilohlarga ibodat qiladigan boʻlsak, nohaq gapni aytgan boʻlib qolamiz".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin