Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Quyosh chiqqanida ularning kahfining o`ng tomonidan moyil bo`lganini, botganda esa, chap tomonidan qiyib o`tganini ko`rasan. Ular esa u(g`or)ning keng joyidadirlar. Ana shu ham Allohning mo`'jizalaridandir. Kimni Alloh hidoyatga boshlasa, o`sha hidoyat topguvchidir. Kimni adashtirsa, bas, hargiz unga irshod qiluvchi biron do`st topa olmassan. (17)
Tafsir
Ular farmonni bajardilar. Alloh ularga uyqu berdi va ularni dushmanlaridan asradi. Ey kuzatuvchi, koʻrasanki, quyosh mashriqdan chiqqan paytida gʻorning oʻng tarafidan oʻtib ketadi. Botgan paytida esa chap tarafidan qiyalab oʻtadi va ularga tegmaydi. Shu bilan ular doim soyada boʻlib, quyoshning harorati ularga ozor bermaydi. Ular gʻorning keng, bahavo joyidadirlar. Ularning gʻordan panoh topganlari, uyquga ketganlari, quyosh nurining ularga ozor bermaslgi, keng, bahavo joyga oʻrnashganlari, qavmidan najot topishlari Allohning qudratiga dalolat qiladigan ajoyibotlardandir. Alloh kimni hidoyat qilgan boʻlsa, oʻsha chin hidoyat topgandir. Kimni adashtirib qoʻygan boʻlsa, unga yordam beradigan, uni toʻgʻri yoʻlga solib qoʻyadigan biron doʻsti murshid topa olmassan. Chunki hidoyat yolgʻiz Allohning qoʻlidadir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: