Sura Al-Kahf (G‘or — الكهف) (Oyat 19)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




18 Al-Kahf(الكهف), Oyat 19

وَكَذَٰلِكَ بَعَثْنَاهُمْ لِيَتَسَاءَلُوا بَيْنَهُمْ ۚ قَالَ قَائِلٌ مِنْهُمْ كَمْ لَبِثْتُمْ ۖ قَالُوا لَبِثْنَا يَوْمًا أَوْ بَعْضَ يَوْمٍ ۚ قَالُوا رَبُّكُمْ أَعْلَمُ بِمَا لَبِثْتُمْ فَابْعَثُوا أَحَدَكُمْ بِوَرِقِكُمْ هَٰذِهِ إِلَى الْمَدِينَةِ فَلْيَنْظُرْ أَيُّهَا أَزْكَىٰ طَعَامًا فَلْيَأْتِكُمْ بِرِزْقٍ مِنْهُ وَلْيَتَلَطَّفْ وَلَا يُشْعِرَنَّ بِكُمْ أَحَدًا 19 ١٩

Va shunday qilib, ularni o`zaro so`rashlari uchun uyg`otdik. Ulardan biri: «Qancha qoldinglar?» dedi. Ular: «Bir kun yoki bir kunning ba'zisicha qoldik», deyishdi. «Qancha qolganingizni Robbingiz yaxshi bilguvchidir, shaharga biringizni ushbu pulingiz ila yuboring, nazar solib, yaxshi taomni tanlab, undan rizq keltirsin va diqqatli bo`lsin, sizni birovga sezdirib qo`ymasin», deyishdi. (19)

Tafsir
Ularni Oʻz qudratimiz bilan qanday uxlatgan boʻlsak, uzoq muddatdan keyin yana shunday uygʻotdik. Bir-birlaridan qancha uxlaganlari haqida soʻradilar. Ulardan biri dedi: "Bir kun yo yarim kun uxladik". Boshqasi dedi: "Qancha uxlab turganingizni Parvardigoringiz bilguvchiroq. Shunday boʻlgach, bu ishni U Zotga topshirib, boshqa kerakli ish bilan shugʻullaninglar. Biringizni mana shu kumush tangangiz bilan shaharga yuboringlar. U qarasin va qaysi bir odam pokiza ovqat qilayotgan boʻlsa, ovqati ham pokiza boʻlsa, oʻshandan olib kelsin. Kirish-chiqishida, muomalasida ehtiyot boʻlsin. Hech kimga sizlarning turar joyingizni bildirib qoʻymasin. Aks holda, sizlarga juda katta zarar boʻlishi mumkin".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin