Sura Al-Kahf (G‘or — الكهف) (Oyat 29)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




18 Al-Kahf(الكهف), Oyat 29

وَقُلِ الْحَقُّ مِنْ رَبِّكُمْ ۖ فَمَنْ شَاءَ فَلْيُؤْمِنْ وَمَنْ شَاءَ فَلْيَكْفُرْ ۚ إِنَّا أَعْتَدْنَا لِلظَّالِمِينَ نَارًا أَحَاطَ بِهِمْ سُرَادِقُهَا ۚ وَإِنْ يَسْتَغِيثُوا يُغَاثُوا بِمَاءٍ كَالْمُهْلِ يَشْوِي الْوُجُوهَ ۚ بِئْسَ الشَّرَابُ وَسَاءَتْ مُرْتَفَقًا 29 ٢٩

Sen: «Bu haq Robbingiz tomonidandir. Bas, kim xohlasa, iymon keltirsin, kim xohlasa, kufr keltirsin», degin. Albatta, Biz zolimlarga devorlari ularni o`rab oladigan olovni tayyorlab qo`yganmiz. Agar yordam so`rasalar, eritilgan ma'dan kabi yuzlarni qovuruvchi suv bilan «yordam» beriladi. Naqadar yomon sharob va naqadar yomon joy! (29)

Tafsir
Ey Paygʻambar, anavi qalblari Allohning zikridan gʻofillarga ayting: "Sizlarga olib kelgan xabarim haqdir. U oʻzim tarafimdan emas, Alloh tarafidandir. Moʻminlarni haydash haqidagi talabingizni bajarmayman. Sizlardan kim shu haqqa iymon keltirishni istasa, iymon keltirsin. Mukofotini oladi. Kim kufr keltirmoqchi boʻlsa, kufr keltirsin. Jazosini oladi. Biz zolimlarga alangasi ularni chirmab oladigan bir olovni tayyorlab qoʻyganmiz. Undan qocha olmaydilar. Tashnalikdan qattiq qiynalib, suv soʻrasalar, xuddi dogʻlangan yogʻ kabi yuzlarni kuydirib yuboradigan suv berilur. Bu naqadar yomon ichimlik. U chanqoqni qondirmaydi, oʻtni oʻchirmaydi, balki, battar kuchaytiradi. Doʻzax naqadar yomon joy, yomon qarorgoh!"

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin