Sura Al-Kahf (G‘or — الكهف) (Oyat 45)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




18 Al-Kahf(الكهف), Oyat 45

وَاضْرِبْ لَهُمْ مَثَلَ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا كَمَاءٍ أَنْزَلْنَاهُ مِنَ السَّمَاءِ فَاخْتَلَطَ بِهِ نَبَاتُ الْأَرْضِ فَأَصْبَحَ هَشِيمًا تَذْرُوهُ الرِّيَاحُ ۗ وَكَانَ اللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ مُقْتَدِرًا 45 ٤٥

Ularga dunyo hayotining misolini keltir. U, Biz osmondan tushirgan suvga o`xshaydi. Uning sababi ila yer nabototlari aralashib chiqdi. Bas, xashakka aylanib, uni shamol uchirib ketdi. Alloh har bir narsaga qodir bo`lgan Zotdir. (45)

Tafsir
Ey Paygʻambar, dunyoga aldanib qolganlarga bir misol keltiring. Dunyo zavol topish va tezda fanoga yuz tutish borasida xuddi osmondan bir yomgʻir yogʻib, u tufayli yer yuzida oʻsimliklar unib, saldan keyin esa ular qurib-qovjirab, sinib-parchalanib, singan boʻlaklarini shamollar uchirib ketishiga, yer esa yana boyagidek tap-taqir boʻlib qolishiga oʻxshaydi. Alloh har doim har ishga qodir. U Zotning qoʻlidan kelmaydigan ish yoʻq. Istagan paytida jon ato etadi, istagan paytida fano chohiga otadi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin