Sura Al-Kahf (G‘or — الكهف) (Oyat 46)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




18 Al-Kahf(الكهف), Oyat 46

الْمَالُ وَالْبَنُونَ زِينَةُ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا ۖ وَالْبَاقِيَاتُ الصَّالِحَاتُ خَيْرٌ عِنْدَ رَبِّكَ ثَوَابًا وَخَيْرٌ أَمَلًا 46 ٤٦

Mol-mulk, bola-chaqa hayoti dunyo ziynatidir. Boqiy qolguvchi solih amallar Robbing huzurida savob va umid jihatidan yaxshiroqdir. (46)

Tafsir
Mol-davlat va bola-chaqa shu dunyoning bezagidir. Oxiratda esa Alloh rizosi yoʻlida sarflanmagan mol-davlatdan foyda yoʻq. Alloh rizosi yoʻlidagi ishlar va gaplar bu dunyoning har qancha zebu ziynatidan yaxshiroqdir. Insonning orzu qilishiga, intilishiga arziydigan narsa mana shudir. Zero, dunyoning zebu ziynati foniydir. Alloh rizosi yoʻlidagi ishlar va gaplar esa boqiydir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin