Sura Kahf (G‘or — الكهف) (Oyat 48)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




18 Kahf(الكهف), Oyat 48

وَعُرِضُوا عَلَىٰ رَبِّكَ صَفًّا لَقَدْ جِئْتُمُونَا كَمَا خَلَقْنَاكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍ ۚ بَلْ زَعَمْتُمْ أَلَّنْ نَجْعَلَ لَكُمْ مَوْعِدًا 48 ٤٨

Va Robbingga safga tortilgan hollarida ro`baro` qilindilar. «Batahqiq, sizlarni avval qanday yaratgan bo`lsak, shunday Bizga keldingiz. Ammo siz Bizni hech joy va vaqt va'da qilganimiz yo`q, deb o`ylar edingiz», (deyildi). (48)

Tafsir
Odamlar saf-saf boʻlib, Parvardigoringizga roʻbaroʻ qilinurlar. Keyin Alloh ulardan hisob olur. Ularga shunday deyilur: "Mana, huzurimizga yalangʻoch, yalangoyoq, onadan qanday tugʻilgan boʻlsangiz, oʻshanday holingizda keldingiz. Qayta tirilmaymiz, qilgan ishlarimizga javob bermaymiz, jazoyimizni olmaymiz, deb oʻylagandingiz."

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin