Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Va kitob qo`yildi. Bas, jinoyatchilarni undagi narsadan qo`rqqan hollarida ko`rasan. Ular: «Voy, sho`rimiz qurisin. Bu qanday kitob, kichikni ham, kattani ham hech qo`ymay hisob qilibdi-ya», derlar. Va qilgan amallarini hozir holda topdilar. Robbing hech kimga zulm qilmas. (49)
Tafsir
Nomai amollar qoʻyilur. Kimdir uni oʻng qoʻli bilan olsa, kimdir chap qoʻli bilan olar. Ana shunda, ey inson, kofirlarning qoʻrquvdan dagʻ-dagʻ titrayotganlarini koʻrasan. Chunki ular oʻzlarining kufru masiyatlar ila kelganlarini juda yaxshi biladilar va shunday deydilar: "Voh, shoʻrimiz qurib qoldi. Bu qanday nomai amolki, katta-yu kichik, bironta amalimizni qoldirmasdan, hammasini bitib qoʻyibdi". Shu dunyoda qilib oʻtgan hamma gunohlari yozib qoʻyilganini koʻradilar. Ey, Paygʻambar, Parvardigoringiz hech kimga zulm qilmas. Bironta begunohni jazolamas. Itoatkorning savobini esa toʻkis holda berar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: