Sura Al-Kahf (G‘or — الكهف) (Oyat 50)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




18 Al-Kahf(الكهف), Oyat 50

وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلَائِكَةِ اسْجُدُوا لِآدَمَ فَسَجَدُوا إِلَّا إِبْلِيسَ كَانَ مِنَ الْجِنِّ فَفَسَقَ عَنْ أَمْرِ رَبِّهِ ۗ أَفَتَتَّخِذُونَهُ وَذُرِّيَّتَهُ أَوْلِيَاءَ مِنْ دُونِي وَهُمْ لَكُمْ عَدُوٌّ ۚ بِئْسَ لِلظَّالِمِينَ بَدَلًا 50 ٥٠

Farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar», deganimizni esla. Bas, o`shanda ular sajda qildilar. Magar iblis qilmadi. U jindan bo`lgan edi. U o`z Robbining amridan chiqdi. Endi sizlar meni qo`yib uni va uning zurriyotlarini do`st qilib olasizlarmi?! Holbuki, u sizlarga dushman-ku! U, zolimlar uchun naqadar yomon badaldir. (50)

Tafsir
Ey Paygʻambar, eslang! Farishtalarga: "Odamga salom berish manosida sajda qilingiz", degan edik, hammalari Parvardigorning farmoniga boʻysunib, sajda qildilar. Birgina shayton farmoni ilohiyga boʻysunmadi. U farishtalardan emas, jinlardan edi. Odamga sajda qilishdan bosh tortdi, oʻzini katta oldi. Shu bilan Parvardigorga itoatsizlik qildi. Ey odamlar, endi Allohni qoʻyib, shu shaytonni va uning avlodini doʻst tutasizlarmi? Axir ular sizning dushmaningiz-ku! Qanday qilib dushmaningizni doʻst tutasiz? Allohni qoʻyib, shaytonga doʻst boʻlish zolimlar uchun naqadar manfur va jirkanch badal!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin