Sura Al-Kahf (G‘or — الكهف) (Oyat 51)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




18 Al-Kahf(الكهف), Oyat 51

مَا أَشْهَدْتُهُمْ خَلْقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَلَا خَلْقَ أَنْفُسِهِمْ وَمَا كُنْتُ مُتَّخِذَ الْمُضِلِّينَ عَضُدًا 51 ٥١

Men ularni na osmonlaru yerni yaratishga va na o`zlarini yaratishga guvoh qilganman va adashtirguvchilarni yordamchi qilib olgan emasman. (51)

Tafsir
Meni qoʻyib, oʻshalarni doʻst tutdingiz. Holbuki, ular ham xuddi sizlardek bandalar, xolos. Osmonlaru yerni yaratayotganimda ularga koʻrsatib, ularni guvoh qilib yaratmaganman. Bir-birlarining yaratilishiga ham guvoh boʻlmaganlar. Yaratish, tadbir qilish bobida Men Yagonaman. Odamlarni yoʻldan ozdiradigan insu jin shaytonlarini Oʻzimga yordamchi qilib olgan emasman. Men hech qachon yordamchiga muhtoj boʻlmayman.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin