Sura Al-Kahf (G‘or — الكهف) (Oyat 58)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




18 Al-Kahf(الكهف), Oyat 58

وَرَبُّكَ الْغَفُورُ ذُو الرَّحْمَةِ ۖ لَوْ يُؤَاخِذُهُمْ بِمَا كَسَبُوا لَعَجَّلَ لَهُمُ الْعَذَابَ ۚ بَلْ لَهُمْ مَوْعِدٌ لَنْ يَجِدُوا مِنْ دُونِهِ مَوْئِلًا 58 ٥٨

Va Robbing sermag`firat va rahim-shafqat sohibi Zotdir. Agar ularni qilgan kasblariga binoan olganida, azoblarini tezlashtirgan bo`lar edi. Lekin ularga va'da qilingan vaqt bor. U kelganda Undan o`zga panohgoh topmaslar. (58)

Tafsir
Paygʻambar alayhissalom oʻzini yolgʻonchiga chiqarayotgan kofirlarning shu dunyoda azoblanishidan umidvor boʻlib qolmasligi uchun Alloh u kishiga shunday dedi: "Ey Paygʻambar, Parvardigoringiz tavba qilgan bandalarining gunohlarini kechiradi. U Zotning rahmati hamma-hamma narsani qamrab olgan. Osiylarning tavba qilib olishlariga fursat berib qoʻygani ham ana shu rahmatidandir. Haqdan yuz oʻgirganlarni jazolashni istaganida ularga shu dunyoning oʻzidayoq azobni tezlashtirgan boʻlardi. Lekin U Zot buni istamadi. U halim va mehribon Zotdir. Tavba qilib olishlariga fursat berdi. Jazoni kechga surdi. Endi shunda ham tavba qilmasalar, ularning kufru isyonlari uchun jazo beriladigan bir kun tayin qilib qoʻyilgan. U kunda Allohdan oʻzga panoh topa olmaslar".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin