Sura Kahf (G‘or — الكهف) (Oyat 71)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




18 Kahf(الكهف), Oyat 71

فَانْطَلَقَا حَتَّىٰ إِذَا رَكِبَا فِي السَّفِينَةِ خَرَقَهَا ۖ قَالَ أَخَرَقْتَهَا لِتُغْرِقَ أَهْلَهَا لَقَدْ جِئْتَ شَيْئًا إِمْرًا 71 ٧١

Bas, yurib ketdilar. Kemaga minganlarida, uni teshib qo`ydi. U (Muso): «Buni uning ahlini g`arq qilish uchun teshdingmi?! Juda g`alati narsa qilding-ku?!» – dedi. (71)

Tafsir
Kelishib olishgach, dengiz sohili boʻylab yoʻlga tushdilar. Bir kema yoniga kelib, unga mindilar. Kemadagilar Xizrni hurmatidan ularni bepul olib ketdi. Xizr kemaning bir taxtasini sugʻurib (teshib) qoʻydi. Muso dedi: "Seni bepul olib ketayotgan odamlarning kemasini teshasanmi, ularni gʻarq qilmoqchimisan? Sen juda notoʻgʻri ish qilding".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin