Sura Al-Kahf (G‘or — الكهف) (Oyat 79)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




18 Al-Kahf(الكهف), Oyat 79

أَمَّا السَّفِينَةُ فَكَانَتْ لِمَسَاكِينَ يَعْمَلُونَ فِي الْبَحْرِ فَأَرَدْتُ أَنْ أَعِيبَهَا وَكَانَ وَرَاءَهُمْ مَلِكٌ يَأْخُذُ كُلَّ سَفِينَةٍ غَصْبًا 79 ٧٩

«Kemaga kelsak, u dengizda ishlaydigan miskinlarniki edi. Bas, men uni aybli qilishni iroda qildim. Chunki, ortlarida bir podshoh bo`lib, barcha kemani tortib olayotgan edi. (79)

Tafsir
Kemani teshib qoʻyganimga etiroz bildirganding. U dengizda ishlaydigan bechora, zaif odamlarning kemasi edi. Ular kemalarini oʻzlari mudofaa qila olmas edilar. Atayin uni aybli qilib qoʻydim. Toki, boshqa soz kemalarni tortib olayotgan podshoh aybini koʻrib, buzuq ekan, deya unga tegmasin.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin