Sura Kahf (G‘or — الكهف) (Oyat 80)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




18 Kahf(الكهف), Oyat 80

وَأَمَّا الْغُلَامُ فَكَانَ أَبَوَاهُ مُؤْمِنَيْنِ فَخَشِينَا أَنْ يُرْهِقَهُمَا طُغْيَانًا وَكُفْرًا 80 ٨٠

Endi bolaga kelsak, ota-onasi mo`min kishilar edi. Bas, biz uning ikkovlarini tug`yon va kufr ila ezishidan qo`rqdik. (80)

Tafsir
Bir bolani oʻldirib qoʻyganimga ham etiroz bildirganding. Uning ota-onasi moʻmin odamlar edilar. Uning kofir boʻlishi Allohga malum edi. Katta boʻlganida ota-onasining muhabbatini suiistemol qilib yoki ularning muhtojligidan foydalanib, ularni Allohga kufr keltirishga va tugʻyonga olib borib qoʻyishidan qoʻrqdik.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin