Sura Maryam (مريم) (Oyat 37)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




19 Maryam(مريم), Oyat 37

فَاخْتَلَفَ الْأَحْزَابُ مِنْ بَيْنِهِمْ ۖ فَوَيْلٌ لِلَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ مَشْهَدِ يَوْمٍ عَظِيمٍ 37 ٣٧

So`ngra, firqalar o`zaro ixtilofga tushdilar. Kufr keltirganlarga buyuk kundagi ko`rinishdan voy bo`lsin. (37)

Tafsir
Talashib-tortishadiganlar Iyso alayhissalom xususida ixtilofga bordilar va bir necha firqalarga ajraldilar. Bir guruh iymon keltirib, uning paygʻambar ekanini tan oldi. Boshqa bir guruh esa, masalan, yahudiylar unga kufr keltirdilar. Ayrim guruhlar hadlaridan oshib, uni Xudo deyishgacha bordilar. Yana bazilar uni Allohning oʻgʻli, deyishdi. Alloh bunday nuqsonlardan Pokdir. Bas, kofir boʻlgan kimsalarga ulugʻ qiyomat kuniga guvoh-hozir boʻlib, amallariga yarasha jazo oladigan paytlarida halokat boʻlgay.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin