Sura Maryam (مريم) (Oyat 65)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




19 Maryam(مريم), Oyat 65

رَبُّ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا فَاعْبُدْهُ وَاصْطَبِرْ لِعِبَادَتِهِ ۚ هَلْ تَعْلَمُ لَهُ سَمِيًّا 65 ٦٥

U osmonlaru yerning va ular orasidagi narsalarning Robbidir. Bas, Unga ibodat qil va Uning ibodatida sabrli bo`l. Unga tengdoshni bilurmisan? (65)

Tafsir
Osmonlarning yaratuvchisi, yerning yaratuvchisi, ular orasidagi narsalarning yaratuvchisi, hamma-hammasining egasi, hamma-hammasini boshqarib turgan Zot Allohdir. Bas, yolgʻiz Ungagina ibodat qiling. Zero, mabudlikka haqli zot yolgʻiz Udir. Unga ibodat qilishda barqaror turing. Mabudlikda uning oʻxshashi, tengi yoʻqdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin