Sura Maryam (مريم) (Oyat 75)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




19 Maryam(مريم), Oyat 75

قُلْ مَنْ كَانَ فِي الضَّلَالَةِ فَلْيَمْدُدْ لَهُ الرَّحْمَٰنُ مَدًّا ۚ حَتَّىٰ إِذَا رَأَوْا مَا يُوعَدُونَ إِمَّا الْعَذَابَ وَإِمَّا السَّاعَةَ فَسَيَعْلَمُونَ مَنْ هُوَ شَرٌّ مَكَانًا وَأَضْعَفُ جُنْدًا 75 ٧٥

Sen: «Kim zalolatda bo`lsa, Rohman unga muhlat berib qo`ysin. Toki o`zlariga va'da qilingan narsani — azobni yoki qiyomatni ko`rganlarida, kimning martabasi yomonroq va askari kuchsizroq ekanini albatta bilurlar», degin. (75)

Tafsir
Ey Paygʻambar, ayting: "Kim adashib yuraversa, Alloh unga muhlat beradi-da, battar adashaveradi. Bu ish to ularga vada qilingan narsa yo shu dunyoning oʻzidagi azob va yo Qiyomatga olib qoʻyilgan jazo ekanini koʻrib qolgunlariga qadar davom etaveradi. Ana oʻshanda koʻzlari moshdek ochilib, kimning martabasi pastroq, kimning madadkorlari ojizroq ekanini bilib oladilar. Oʻzlarinikimi yoki moʻminlarnikimi?

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin