Sura Maryam (مريم) (Oyat 76)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




19 Maryam(مريم), Oyat 76

وَيَزِيدُ اللَّهُ الَّذِينَ اهْتَدَوْا هُدًى ۗ وَالْبَاقِيَاتُ الصَّالِحَاتُ خَيْرٌ عِنْدَ رَبِّكَ ثَوَابًا وَخَيْرٌ مَرَدًّا 76 ٧٦

Va Alloh hidoyatga yurganlarning hidoyatini ziyoda qiladi. Boqiy qoluvchi solih amallar Robbing nazdida savobi yaxshiroq va oqibati xayrlidir. (76)

Tafsir
Zalolatdagilarning zalolati ortib boravergani muqobilida iymon va toat sari yoʻl topganlarning hidoyati ham ortib boraveradi. Ey Paygʻambar, Parvardigoringizning nazdida abadiy saodatga eltadigan yaxshi amallar savob jihatidan ham, oqibat jihatidan ham yaxshiroqdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin