Sura Maryam (مريم) (Oyat 9)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




19 Maryam(مريم), Oyat 9

قَالَ كَذَٰلِكَ قَالَ رَبُّكَ هُوَ عَلَيَّ هَيِّنٌ وَقَدْ خَلَقْتُكَ مِنْ قَبْلُ وَلَمْ تَكُ شَيْئًا 9 ٩

U: «Ana shunday! Robbing aytdiki, bu Men uchun oson. Batahqiq, bundan oldin seni yaratdim. Holbuki, sen hech narsa emas eding», dedi. (9)

Tafsir
Farishta dedi: "Xuddi shunday. Ayoling tugʻmas, oʻzing esa qarib-qurib, iliklaringdan mador ketib, goʻrga yaqinlashib qolgansan. Lekin Parvardigoring dediki, tugʻmas ona va qari otadan farzandni dunyoga keltirish Men uchun oson. Ey Zakariyo, oldin sening oʻzingni hech narsa emas paytingda yaratganman-ku".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin