Sura Anbiyo (Payg‘ambarlar — الأنبياء) (Oyat 18)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




21 Anbiyo(الأنبياء), Oyat 18

بَلْ نَقْذِفُ بِالْحَقِّ عَلَى الْبَاطِلِ فَيَدْمَغُهُ فَإِذَا هُوَ زَاهِقٌ ۚ وَلَكُمُ الْوَيْلُ مِمَّا تَصِفُونَ 18 ١٨

Yo`q, Biz haqni botil ustiga oturmiz. Bas, uni yakson qilur. Ko`ribsanki, u (botil) zavolga uchrabdi. Sizlarga esa, qilgan vasflaringizdan halokat kelur. (18)

Tafsir
Elchimizga vahiy qilib yuborganimiz haqni kufr ahlining botili ustiga otamiz. Shu bilan haq botilni ezib-yanchib tashlaydi va u tag-tomiri bilan yoʻq boʻlib ketadi. Ey, Allohning ayoli va bolasi bor, deyayotganlar, Alloh shaniga noloyiq gapni aytayotganingiz uchun sizlarni halokat kutmoqda.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin