Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 100)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 100

أَوَكُلَّمَا عَاهَدُوا عَهْدًا نَبَذَهُ فَرِيقٌ مِنْهُمْ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ 100 ١٠٠

Har qachon ahd qilsalar, ulardan bir guruhi uni buzaveradimi?! Yo`q! Ularning ko`plari iymon keltirmaslar. (100)

Tafsir
Yahudlarning eng yomon qiliqlaridan biri qachon ahdlashsalar, ahdlarini buzaverganlar. Jumladan, ular Tavrotga iymon keltirishga ahd qilganlar. Muhammad alayhissalomning pagʻambarligi Tavrotda oʻz tasdigʻini topgach, ulardan bir guruhi shu ahdini buzdilar. Ularning boʻlgani shu. Aksari Alloh nozil qilgan haqiqatga iymon keltirmaydilar. Zero, iymon ahdga vafoni taqozo etadi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin