Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 112)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 112

بَلَىٰ مَنْ أَسْلَمَ وَجْهَهُ لِلَّهِ وَهُوَ مُحْسِنٌ فَلَهُ أَجْرُهُ عِنْدَ رَبِّهِ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ 112 ١١٢

Yo`q! Kimki yaxshilik qilgan holida yuzini Allohga topshirsa, unga Robbi huzurida ajr bordir. Ularga xavf yo`q va ular xafa ham bo`lmaslar. (112)

Tafsir
Qaysi toifadan boʻlishidin qatiy nazar, Allohga yuzlanib, xolis U Zot uchun amal qiladigan va shu ixlosi bilan birga ibodatini Paygʻambar alayhissalom olib kelgan koʻrsatmalarga toʻla muvofiq tarzda ado etadigan odamlar Jannatga kiradilar. Asosiysi amalining ixlos bilan va Paygʻambar alayhissalomning koʻrsatmalariga muvofiq boʻlishi. Ularning savobi Parvardigorining huzuridadir. Ularni oxiratda hech qanday xavf kutayotgani yoʻq. Ular shu dunyoda erisha olmay qolgan narsalari uchun xafa ham boʻlmaydilar. Bu maqom Muhammad alayhissalom paygʻambar boʻlib yuborilganlaridan keyingi musulmonlargagina nasib etdi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin