Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 115)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 115

وَلِلَّهِ الْمَشْرِقُ وَالْمَغْرِبُ ۚ فَأَيْنَمَا تُوَلُّوا فَثَمَّ وَجْهُ اللَّهِ ۚ إِنَّ اللَّهَ وَاسِعٌ عَلِيمٌ 115 ١١٥

Mashriqu mag`rib Allohnikidir, qayoqqa qarasangiz, Allohning yuzi bor. Albatta, Alloh keng qamrovli, biluvchi Zotdir. (115)

Tafsir
Mashriqu magʻrib va ular orasidagi hamma narsa Allohning mulkidir. U bandalarini Oʻzi istagan ishga buyuradi. Qaysi tarafga yuzlansangizlar, oʻsha tarafda Allohni topasizlar. U sizlarni Baytul-maqdis yoki Kaba tarafga yuzlanishga buyursa ham, yoki xato qilib, yoxud imkoni yoʻqligi tufayli qibladan boshqa tarafga yuzlanib qolsangizlar ham ziyoni yoʻq. Chunki taraflarning hammasi Allohniki. U butun xalqini Oʻz rahmati va tavfiqiga burkagandir. Ularning niyatlarini ham, amallarini ham bilib turadigan buyuk Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin