Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 116)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 116

وَقَالُوا اتَّخَذَ اللَّهُ وَلَدًا ۗ سُبْحَانَهُ ۖ بَلْ لَهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۖ كُلٌّ لَهُ قَانِتُونَ 116 ١١٦

Ular: «Alloh farzand tutdi», derlar. U pokdir. Albatta osmonlaru yerdagi barcha narsalar Unikidir. Hamma Unga bo`ysunuvchidir. (116)

Tafsir
Yahudlar ham, nasorolar ham, mushriklar ham, Allohning bolasi bor, deyishadi. Alloh bunday nuqsondan pok Zot. U maxluqotlaridan behojat. Farzand tutish esa bolaga muhtojning ishi. Osmonlaru yerdagi barcha narsa Uning mulki. Hamma xaloyiq U zotning boʻysunuvchi bandalari. Ularni Oʻzi istaganidek tasarruf qiladi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin