Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 125)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 125

وَإِذْ جَعَلْنَا الْبَيْتَ مَثَابَةً لِلنَّاسِ وَأَمْنًا وَاتَّخِذُوا مِنْ مَقَامِ إِبْرَاهِيمَ مُصَلًّى ۖ وَعَهِدْنَا إِلَىٰ إِبْرَاهِيمَ وَإِسْمَاعِيلَ أَنْ طَهِّرَا بَيْتِيَ لِلطَّائِفِينَ وَالْعَاكِفِينَ وَالرُّكَّعِ السُّجُودِ 125 ١٢٥

«Uy»ni odamlar uchun masaba va omonlik joyi qilganimizni esla. Va Ibrohimning maqomini namozgoh tuting. Va Ibrohim va Ismoilga: «Uyimni tavof qiluvchilar, muqim turuvchilar, ruku' va sajda qiluvchilar uchun poklab qo`yinglar», deb amr qildik. (125)

Tafsir
Eslang! Alloh Baytul-haromni odamlar tavof qiladigan maskan qildi. Odamlarning qalblarini unga oshufta qilib qoʻydi. Uni koʻrmagan koʻrguncha, koʻrgan oʻlguncha qoʻmsaydigan boʻlib qoldi. Tinchlik-omonlik maskani boʻldiki, unda tajovuz qilish man qilindi. Odamlarga, Kabani qurayotgan Ibrohim oyogʻi ostidagi toshni namoz uchun bir makon qilib olinglar, dedi. Ibrohim va uning oʻgʻli Ismoilga Baytul-haromni axlatlardan, butlardan tozalab, tavof, etikof va ibodat uchun keladiganlarga tayyorlab qoʻyishni tayinladik.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin