Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 128)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 128

رَبَّنَا وَاجْعَلْنَا مُسْلِمَيْنِ لَكَ وَمِنْ ذُرِّيَّتِنَا أُمَّةً مُسْلِمَةً لَكَ وَأَرِنَا مَنَاسِكَنَا وَتُبْ عَلَيْنَا ۖ إِنَّكَ أَنْتَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ 128 ١٢٨

«Robbimiz, ikkovimizni O`zingga musulmon bo`lganlardan qil va zurriyotimizdan ham O`zingga musulmon ummat qil, bizga ibodatlarimizni ko`rsat, tavbamizni qabul et. Albatta, Sening O`zing tavbalarni ko`plab qabul etuvchi, rahimli Zotsan.» (128)

Tafsir
Parvardigoro, bizni amringga boʻysunadiganlardan, Senga hech kimni sherik qilmaydiganlardan qilgin. Zurriyotimizdan ham Oʻzingga taslim boʻladigan avlodni nasib etgin. Bizga qanday ibodat qilish yoʻllarini koʻrsatgin. Toat-ibodatlarimizdagi aybu nuqsonlarimizni kechirgin. Sen bandalaringdan tavbalarini qabul qiladigan, Rahmli Zotsan.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin