Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 130)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 130

وَمَنْ يَرْغَبُ عَنْ مِلَّةِ إِبْرَاهِيمَ إِلَّا مَنْ سَفِهَ نَفْسَهُ ۚ وَلَقَدِ اصْطَفَيْنَاهُ فِي الدُّنْيَا ۖ وَإِنَّهُ فِي الْآخِرَةِ لَمِنَ الصَّالِحِينَ 130 ١٣٠

O`zini esi past sanaganlargina Ibrohimning millatidan yuz o`girur. Albatta, Biz uni bu dunyoda tanlab oldik va, albatta, u oxiratda solihlardan bo`lgay. (130)

Tafsir
Ibrohim alayhissalomning dinidan oʻziga jabr qilib, haqiqat oʻrniga zalolatni, azizlik turganda xorlikni tanlagan befarosat, kaltafahm odamlargina yuz oʻgiradi. Biz uni bu dunyoda paygʻambar va doʻst qilib tanladik, oxiratda esa u Alloh topshirgan vazifani ado etib, oliy martabalarga erishgan solihlar qatoridan joy oladi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin