Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Aytinglar: «Allohga va bizga tushirilgan narsaga, Ibrohim, Ismoil, Is'hoq, Ya'qub, asbotlarga tushirilgan narsaga, Muso va Iysoga berilgan narsaga va Payg`ambarlarga Robbilaridan berilgan narsaga iymon keltirdik. Ularning orasidan birortasini farqlamasmiz va biz Unga musulmonlarmiz». (136)
Tafsir
Ey moʻminlar, nohaq, puch davo bilan yurgan yahud va nasorolarga shunday denglar: "Biz Allohga, bizga nozil qilingan Quronga iymon keltirdik. Ibrohim alayhissalom va u kishing oʻgʻillari Ismoil, Ishoq va Yaqub alayhissalomlarga nozil qilingan hukmlarga ishondik. Yaqub alayhissalomning avlodidan boʻlgan paygʻambarlarga nozil qilingan hukmlarga iymon keltirdik. Alloh Muso alayhissalomga bergan Tavrotga va Iyso alayhissalomga bergan Injilga iymon keltirdik. Alloh hamma paygʻambarlarga bergan kitoblarga ishondik. Ulardan birortasini ajratib, kufr keltirmaymiz. Hammasiga birdek ishonamiz. Biz har qanday nuqsondan pok Allohga boʻysunuvchilarmiz, itoat etuvchilarmiz".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: