Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ayt: «Biz bilan Alloh haqida tortishasizmi?! Va holbuki, U bizning Robbimiz va sizning Robbingiz, bizning o`z amallarimiz bor, sizning o`z amallaringiz bor. Va biz Unga muxlismiz». (139)
Tafsir
Ey Muhammad alayhissalom, ayting: "Ey ahli kitob, Allohga va Uning diniga bizdan koʻra sizlar munosibroqmisizlar? Dininglar oldin kelgani va kitobinglar oldin nozil boʻlgani uchunmi? Oldin kelishning hech qanday ahamiyati yoʻq. Zero, Alloh faqat sizlarninggina emas, hammamizning Parvardigorimizdir. Bizga oʻzimizning amallarimiz, sizlarga esa oʻzlaringizniki. Biz qilgan ishlarga sizlar, sizlar qilgan ishlarga esa biz javobgar emasmiz. Hamma oʻz qilmishiga yarasha javob beradi va jazo yoki mukofotini oladi. Biz toat-ibodatni xolis Alloh uchun qilamiz, Unga hech narsani sherik qilmaymiz".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: