Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Yoki: «Albatta, Ibrohim, Ismoil, Is'hoq, Ya'qub va asbotlar yahudiy va nasroniy bo`lgan», deysizlarmi?! «Sizlar bilimdonroqmi yoki Allohmi?» degin. Huzuridagi Allohdan bo`lgan guvohlikni berkitgan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Va Alloh qilayotgan ishlaringizdan g`ofil emasdir. (140)
Tafsir
Ey ahli kitob, nimalar deyapsizlar? Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaqub va uning avlodidan tarqagan paygʻambarlar yahud yo nasroniy boʻlganmi? Ayting, ey Muhammad alayhissalom: "Sizlar koʻproq bilasizlarmi, Allohmi?" Agar ular oʻsha oʻtgan paygʻambarlarni oʻzlarining dinida boʻlgan, desalar, bu gaplari gʻirt yolgʻon. Chunki ularning tugʻilishi ham, vafot etishi ham Tavrot va Injil nozil boʻlishidan oldin boʻlgan. Shundan koʻrinib turibdiki, ular Alloh va paygʻambarlar haqida yolgʻon gapiryaptilar. Ular oʻzlariga nozil qilingan haqiqatni yashiryaptilar. Alloh tarafidan berilgan guvohlikni yashirgan kimsadan koʻra zolimroq kimsa yoʻq. Ahli kitoblar shu ishni qildilar. Alloh sizlar qilayotgan ishlardan gʻofil emas. Hammasini koʻrib-bilib turibdi. Oʻsha ishlaringizning jazo yoki mukofotini yaqinda beradi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: