Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Yoki ular: «U (Muhammad) Allohga nisbatan yolg`on to`qidi», deydilarmi?! Bas, agar Alloh xohlasa, qalbingga muhr bosur va Alloh O`z so`zlari ila botilni yo`q qilib, haqni haq qilur. Albatta, U dillardagi narsani o`ta bilguvchidir. (24)
Tafsir
Mushriklar Quronni Muhammad alayhissalom oʻzi toʻqib chiqarib, uni Alloh aytgan deydi, deb oʻylaydilar. Alloh ularga raddiya bildirib: "Agar siz yolgʻon toʻqiydigan odam boʻlganingizda qalbingizni muhrlab qoʻygan hamda toʻqilgan botilni mahv aylab, haqni yuzaga chiqargan boʻlardim", deydi. Modomiki, ish shunday boʻlmabdimi, demak, shuning oʻzi Paygʻambar alayhissalomning haq ekaniga, Quron Alloh tarafidan nozil qilinganiga yetarli dalildir. Alloh bandalarining qalblarida nima borligini ham biladigan Zotdir. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmas.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: