Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 142)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 142

سَيَقُولُ السُّفَهَاءُ مِنَ النَّاسِ مَا وَلَّاهُمْ عَنْ قِبْلَتِهِمُ الَّتِي كَانُوا عَلَيْهَا ۚ قُلْ لِلَّهِ الْمَشْرِقُ وَالْمَغْرِبُ ۚ يَهْدِي مَنْ يَشَاءُ إِلَىٰ صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ 142 ١٤٢

Odamlardan esi pastlari: «Bularni qiblalaridan nima yuz o`girtirdi ekan?» derlar. Sen: «Mashriqu mag`rib Allohniki, kimni xohlasa, o`shani to`g`ri yo`lga boshlaydir», deb ayt. (142)

Tafsir
Yahud va ularga oʻxshagan munofiqlardan esi past, nodon-johillari: "Musulmonlarni oldingi qiblasi boʻlmish Baytul-Maqdisdan nima yuz oʻgirtirdi ekan", deyishadi. Ayting, ey Muhammad alayhissalom: "Mashriqu magʻrib va ular orasidagi barcha narsalar Allohning mulkidir. Istagan odamini istagan tarafiga qaratadi. Har qanday nuqsondan pok Alloh Oʻzi xohlagan bandasini qingʻirlik va egrilikdan xoli boʻlgan toʻgʻri yoʻlga boshlaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin