Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Shuningdek, sizlarni odamlar ustidan guvoh bo`lishingiz va Payg`ambar sizlarning ustingizdan guvoh bo`lishi uchun o`rta millat qildik. Sen avval yuzlangan qiblani, faqat, ortga burilib ketadiganlar kim-u, Payg`ambarga ergashuvchilar kim ekanini bilish uchungina qilganmiz. Garchi bu ish Alloh hidoyatga solganlardan boshqalarga og`ir bo`lsa ham. Alloh iymoningizni zoye qilmas. Albatta, Alloh odamlarga mehribon va rahimlidir. (143)
Tafsir
Sizlarga Oʻzimizga maqul boʻlgan qiblani tayinlab berganimiz kabi sizlarni aqidalar, ibodatlar va muomalalar borasida butun ummatlar orasidagi oʻrta millat qildik. Toki, paygʻambarlar Allohning farmonlarini ummatlarga yetkazganlariga sizlar guvoh boʻlasizlar, paygʻambarlarning oʻzlari esa sizlarga yetkazganlariga guvoh boʻladilar. Sizlarni yuzlanib turgan qiblanglar Baytul-Maqdisdan Kaba tarafiga burishimizning sababi Allohning shariatiga kim rozi boʻlib, darhol unga boʻysunadi-yu, yana kim havoyi nafsiga ergashib, Allohning shariatidan yuz oʻgirib, dinidan qaytadi, shuni aniqlash edi. Shubhasiz, qiblaning oʻzgartirilishi ogʻir ish. Lekin Alloh chin iymon bilan siylagan bandalari uchun ogʻir emas. Alloh bandalariga qaysi bir ishni hukm qilsa, unda yetuk hikmatlar bor. Alloh sizlarning iymonlaringizni ham, qibla oʻzgarishidan oldin oʻqigan namozlaringizni ham zoye qilmaydi. Alloh insonlarga mehribon va rahmlidir. Ularga ishlarni ogʻirlashtirib ham yubormaydi, qilgan amallarining savoblarini zoye ham qilmaydi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: