Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Goho yuzingning osmonga tez-tez burilganini ko`rurmiz. Bas, albatta, seni o`zing rozi bo`lgan qiblaga qaraturmiz. Yuzingni Masjidul Harom tomon bur. Qayerda bo`lsangiz ham, yuzingizni u tomon buringiz. Albatta, kitob berilganlar uning Robbilaridan bo`lgan haq ekanini bilurlar. Va Alloh ularning qilayotgan amallaridan g`ofil emasdir. (144)
Tafsir
Ey Muhammad alayhissalom, qiblaning oʻzingiz yoqtiradigan tarafga oʻzgartirilishi haqida vahiy nozil boʻlishini istab, yuzingiz samo sari burilganini, osmon tarafga boqayotganingizni koʻrdik. Biz sizni albatta oʻsha oʻzingiz yoqtiradigan tarafga, yani, Baytul-Maqdisdan Baytul-Harom tarafga burib qoʻyamiz. Bas yuzingizni Makkai mukarramadagi Baytul-Harom tarafiga buring. Ey moʻminlar, sizlar ham namoz oʻqiyotgan paytingizda yuzingizni oʻsha tarafga buringlar. Yahud va nasorolardan boʻlgan ahli kitoblar qiblaning oʻzgartirilishi ularni yaratgan va ishlarini boshqarib turgan Alloh tarafidan nozil qilingan haq ekanini biladilar. Chunki bu ish ularning kitoblarida bitilgan. Alloh haqdan yuz oʻgirayotgan oʻsha badbaxtlardan gʻofil emas. Har qanday nuqsondan pok U Zot hammasini koʻrib-bilib turibdi. Yaqinda hammasiga qilmishlariga yarasha jazosini beradi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: