Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 145)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 145

وَلَئِنْ أَتَيْتَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ بِكُلِّ آيَةٍ مَا تَبِعُوا قِبْلَتَكَ ۚ وَمَا أَنْتَ بِتَابِعٍ قِبْلَتَهُمْ ۚ وَمَا بَعْضُهُمْ بِتَابِعٍ قِبْلَةَ بَعْضٍ ۚ وَلَئِنِ اتَّبَعْتَ أَهْوَاءَهُمْ مِنْ بَعْدِ مَا جَاءَكَ مِنَ الْعِلْمِ ۙ إِنَّكَ إِذًا لَمِنَ الظَّالِمِينَ 145 ١٤٥

Agar kitob berilganlarga barcha hujjatlarni keltirsang ham, sening qiblangga ergashmaslar. Sen ham ularning qiblasiga ergashuvchi emassan. Va ular bir-birlarining qiblasiga ergashuvchi emaslar. Agar senga kelgan ilmdan keyin ham ularning havoyi nafslariga ergashsang, unda, albatta, zolimlardan bo`lursan. (145)

Tafsir
Allohga qasamki, ey Muhammad alayhissalom, yahud va nasorolardan boʻlgan ahli kitoblarga qiblaning oʻzgartirilishiga doir hamma oyat-alomatlarni, ochiq-ravshan hujjatlarni keltirsangiz ham ular sizning qiblangizga yuzlanmaslar. Chunki ular siz olib kelgan vahiyga sarkashlik qiladilar, haqqa ergashishdan oʻzlarini katta oladilar. Endi Alloh sizni burib qoʻyganidan keyin siz ham ularning qiblasiga hargiz yuzlanmaysiz. Ular hatto bir-birlarining qiblasiga ham yuzlanmaslar. Negaki, ulardan har biri boshqasini kofirga chiqaradi. Endi sizga har qanday shubhadan xoli sogʻlom ilm kelib turganidan keyin ham qibla va boshqa shariatlaru hukmlar borasida ularning havoyi nafslariga ergashadigan boʻlsangiz, hidoyatni tashlab, havoyi nafsga ergashgan zolimlardan boʻlib qolasiz. Paygʻambar alayhissalomga qarata qilinayotgan bu xitob ularga ergashish naqadar qabih ekanini koʻrsatib berish uchun boʻlyapti, xolos. Aslida esa Alloh Oʻz paygʻambarini bunday qabohatdan albatta asraydi. Ayni damda bu ogohlantirish u zotdan keyin keladigan ummat uchun hamdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin