Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 146)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 146

الَّذِينَ آتَيْنَاهُمُ الْكِتَابَ يَعْرِفُونَهُ كَمَا يَعْرِفُونَ أَبْنَاءَهُمْ ۖ وَإِنَّ فَرِيقًا مِنْهُمْ لَيَكْتُمُونَ الْحَقَّ وَهُمْ يَعْلَمُونَ 146 ١٤٦

Kitob berilganlar uni xuddi bolalarini tanigandek tanirlar. Va, albatta, ulardan bir guruhlari bilib turib haqni berkitarlar. (146)

Tafsir
Yahud va nasorolardan boʻlgan ahli kitoblarning olimlari qiblaning oʻzgartirilishi Muhammad alayhissalomning paygʻambarligiga dalolat qiluvchi alomatlardan biri ekanini yaxshi biladilar. Ular bu haqiqat bilan xuddi oʻz farzandlarini boshqalardan ajrata oladigandek yaxshi tanishlar. Shunga qaramasdan, ulardan bir toifasi hasad qilganlaridan bilib turib haqni yashiradilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin