Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Qayerdan chiqsang ham, yuzingni Masjidul Harom tomon bur. Va, albatta, bu Robbingdan bo`lgan haqdir. Va Alloh siz qilayotgan narsadan g`ofil emasdir. (149)
Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, qayerda boʻlmang, qaysi tarafdan chiqmang, namoz oʻqimoqchi boʻlsangiz, Masjidul-Harom tarafga yuzlaning. Sahobalaringiz ham shunday qilsinlar. Shunday qilish Parvardigoringiz tarafidan sizga yuborilgan vahiydir. Alloh sizlar qilayotgan ishdan gʻofil emas. U Zot hamma ishlaringizni koʻrib-bilib turadi va amallaringizga yarasha jazo yoki mukofot beradi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: