Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 14)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 14

وَإِذَا لَقُوا الَّذِينَ آمَنُوا قَالُوا آمَنَّا وَإِذَا خَلَوْا إِلَىٰ شَيَاطِينِهِمْ قَالُوا إِنَّا مَعَكُمْ إِنَّمَا نَحْنُ مُسْتَهْزِئُونَ 14 ١٤

Ular iymon keltirganlarni uchratsalar, iymon keltirdik, derlar, shaytonlari bilan xoli qolganda esa, biz sizlar bilanmiz, faqat istehzo qilyapmiz, xolos, derlar. (14)

Tafsir
Moʻminlar bilan uchrashganlarida qoʻrqqanlaridan, sizlar iymon keltirayotgan vahiyni rost deb bilamiz, deydilar. Oʻzlarining boshliqlari, rahbarlari bilan xoli qolganlarida esa, biz hali ham sizlar bilanmiz, sizlarning yoʻlingizdamiz, moʻminlarning ustidan kulish, ularni masxara qilish uchun til uchida ularni tasdiqlab qoʻyyapmiz, deydilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin