Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 155)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 155

وَلَنَبْلُوَنَّكُمْ بِشَيْءٍ مِنَ الْخَوْفِ وَالْجُوعِ وَنَقْصٍ مِنَ الْأَمْوَالِ وَالْأَنْفُسِ وَالثَّمَرَاتِ ۗ وَبَشِّرِ الصَّابِرِينَ 155 ١٥٥

Albata, Biz sizlarni bir oz qo`rqinch va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber. (155)

Tafsir
Sizlarni dushmandan xavfsirash, ozuqaning yetishmasligi sababli kelgan ochlik, mol-dunyo tanqisligi va uni topishdagi mashaqqatlar, ofatlar yoki Alloh yoʻlida shahid boʻlish tufayli jonlarning qirilishi hamda yerda oʻsadigan mevalarning kamligi kabi turli xil musibatlar bilan sinaymiz. Ey Paygʻambar alayhissalom, shu musibatlarga sabr qiluvchilarga xushxabar beringki, Alloh bu dunyoda ham, oxiratda ham ularning ishini oʻnglaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin