Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 15)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 15

اللَّهُ يَسْتَهْزِئُ بِهِمْ وَيَمُدُّهُمْ فِي طُغْيَانِهِمْ يَعْمَهُونَ 15 ١٥

Alloh ularni istehzo qiladir va tug`yonlarida dovdirashlariga qo`yib beradir. (15)

Tafsir
Ular moʻminlarning ustidan kulayotgan boʻlsalar, Alloh ularning ustidan kuladi. Nima ekkan boʻlsalar, oʻshani oʻradilar. Shuning uchun ularga bu dunyoda musulmonlarning hukmlari joriy qilinsa-da, oxiratda mukofot olish oʻrniga kofirligi va munofiqligi tufayli jazoga tortiladilar. Ayni paytda Alloh ularni oʻz tugʻyonlariyu zalolatlari girdobida qolib ketishlariga qoʻyib beradi. Shu bilan hayronligu ikkilanish ularning doimiy hamrohiga aylanadi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin