Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 173)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 173

إِنَّمَا حَرَّمَ عَلَيْكُمُ الْمَيْتَةَ وَالدَّمَ وَلَحْمَ الْخِنْزِيرِ وَمَا أُهِلَّ بِهِ لِغَيْرِ اللَّهِ ۖ فَمَنِ اضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍ وَلَا عَادٍ فَلَا إِثْمَ عَلَيْهِ ۚ إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَحِيمٌ 173 ١٧٣

Albatta, U zot sizlarga faqat o`limtikni, qonni, cho`chqaning go`shtini va Allohdan boshqaga so`yilganni harom qildi. Kimki majbur bo`lsa-yu, zulm qilmay, haddan oshmay (esa), unga gunoh bo`lmas. Albatta, Alloh mag`firatli va rahimlidir. (173)

Tafsir
Alloh taolo oziq-ovqatlardan noshariy va Allohdan boshqaning nomiga atab soʻyilgan hayvon goʻshtini, toʻngʻiz goʻshtini va oqqan qonni harom qildi. Endi kim majbur boʻlib qolsa, zarurat boʻlmasa yemasligi, zarurat boʻlib qolganda esa haddini bilib yeyishi sharti bilan unga gunoh yoʻq. Alloh tavba qilgan bandalarini kechiradigan Rahmli Zot. Majbur boʻlganidan harom luqmani yegan bandasini kechirishi rahmatining bir koʻrinishidir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin