Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 174)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 174

إِنَّ الَّذِينَ يَكْتُمُونَ مَا أَنْزَلَ اللَّهُ مِنَ الْكِتَابِ وَيَشْتَرُونَ بِهِ ثَمَنًا قَلِيلًا ۙ أُولَٰئِكَ مَا يَأْكُلُونَ فِي بُطُونِهِمْ إِلَّا النَّارَ وَلَا يُكَلِّمُهُمُ اللَّهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَلَا يُزَكِّيهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ 174 ١٧٤

Albatta, Alloh kitobda tushirgan narsani berkitganlar va uni ozgina bahoga sotganlar, ana o`shalar qorinlariga olovdan boshqa narsani yemaslar, ularga Alloh qiyomat kuni gapirmas va ularni poklamas. Ularga alamli azoblar bor. (174)

Tafsir
Alloh nozil qilgan kitoblarni va ulardagi Muhammad alayhissalomning haqiqiy paygʻambar ekanini isbotlovchi hujjatlarni yashirgan va uni lavozim, obroʻ va mol-davlat kabi arzimas chaqaga sotgan yahud va nasorolarning qorinlaridagi yeganlari oʻt boʻladi, olov boʻladi. Yani, qorinlariga oʻt bilan, olov bilan azoblanishga sabab boʻladigan narsalarni yeydilar. Qiyomat kuni Alloh ular bilan gaplashmaydi, yani, ularga yoqadigan tarzda gaplashmaydi, balki, holini abgor qiladigan tarzda gaplashadi. Ular haqida yaxshi gap aytmaydi, ularni oqlamaydi. Ular uchun alamli azob bordir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin