Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 176)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 176

ذَٰلِكَ بِأَنَّ اللَّهَ نَزَّلَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ ۗ وَإِنَّ الَّذِينَ اخْتَلَفُوا فِي الْكِتَابِ لَفِي شِقَاقٍ بَعِيدٍ 176 ١٧٦

Buning sababi, albatta, Alloh kitobni haq bilan nozil qilgan edi. Kitob xususida ixtilof qilganlar esa, tubsiz tortishuvdadirlar. (176)

Tafsir
Ilm va hidoyatni yashirganlari uchun jazoga yoʻliqishlarining sababi shuki, Alloh ilohiy kitoblarni haq bilan nozil qildi. Shuning oʻzi ularni yashirmasdan yetkazishni taqozo qiladi. Ilohiy kitoblar borasida ixtilof qilib, biriga ishonib, boshqasiga ishonmaganlar haqiqatning koʻchasidan ham oʻta olmasdan, talashib-tortishish botqogʻiga botib yuraveradilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin