Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ey, iymon keltirganlar! Sizga o`ldirilganlar uchun qasos farz qilindi: hurga hur, qulga qul, ayolga ayol. Kimga o`z birodaridan bir narsa afv qilinsa, bas, yaxshilik ila so`ralsin va ado etish ham yaxshilikcha bo`lsin. Bu, Robbilaringizdan yengillik va rahmatdir. Undan keyin kim dushmanlik qilsa, unga alamli azob bor. (178)
Tafsir
Ey Allohga iymon keltirgan va paygʻambariga ergashgan kimsalar, sizlarga birovni qasddan dushmanlik qilib oʻldirgan odamga oʻsha jinoyatiga yarasha jazo berish, yani, uni qatl qilish farz qilindi. Hurga hur, qulga qul, ayolga ayol. Agar marhumning oʻzi vafotidan oldin yoki uning egalari xun evaziga kechirib yuborsalar, xunni talab qilishda oʻlik egalari ham, uni toʻlashda qotil ham yaxshilik yoʻlini tutsinlar. Oʻlik egalari qotilga ozor-aziyat yetkazmasinlar, qotil ham oʻz navbatida xunni choʻzmasdan, paysalga solmasdan oʻz vaqtida toʻlasin. Mana shu kechirish va xun toʻlash Parvardigoringizning sizlarga koʻrsatgan marhamati va bergan yengilligidir. Endi kim kechirib va xunni olib boʻlganidan keyin yana qotilga tajovuz qilsa, uning uchun Alloh taolo tarafidan alamli azob bordir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: