Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Sizlarga, birortangizga o`lim kelganda, agar u boylik qoldirayotgan bo`lsa, ota-onasi va yaqinlariga to`g`rilik bilan vasiyat qilish taqvodorlarning burchi sifatida farz qilindi. (180)
Tafsir
Birontangizda oʻlim alomatlari koʻrinsa va u koʻp mol-davlat qoldirayotgan boʻlsa, shariat belgilab qoʻygan miqdordan oshirmasdan, yani, hamma boyligining uchdan birini yoki undan ozrogʻini ota-onasi va yaqin qarindoshlariga vasiyat qilsin. Shunday qilish Alloh taolodan taqvo qiladiganlar boʻynidagi muqarrar haqdir, vazifadir. Bu hukm meros oyatlari nozil boʻlishidan oldin joriy qilingan. Meros oyatlari nozil boʻlganidan keyin esa kim qancha meros olishi tayin boʻlgan.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: