Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Baqara — Oyat 180 (Oʻzbekcha) — Video

Baqara • Oyat 286 dan 180 • Oʻzbekcha


كُتِبَ عَلَيْكُمْ إِذَا حَضَرَ أَحَدَكُمُ الْمَوْتُ إِنْ تَرَكَ خَيْرًا الْوَصِيَّةُ لِلْوَالِدَيْنِ وَالْأَقْرَبِينَ بِالْمَعْرُوفِ ۖ حَقًّا عَلَى الْمُتَّقِينَ 180
Tarjima:
Sizlarga, birortangizga o`lim kelganda, agar u boylik qoldirayotgan bo`lsa, ota-onasi va yaqinlariga to`g`rilik bilan vasiyat qilish taqvodorlarning burchi sifatida farz qilindi. Baqara 2:180
Tafsir:
Birontangizda oʻlim alomatlari koʻrinsa va u koʻp mol-davlat qoldirayotgan boʻlsa, shariat belgilab qoʻygan miqdordan oshirmasdan, yani, hamma boyligining uchdan birini yoki undan ozrogʻini ota-onasi va yaqin qarindoshlariga vasiyat qilsin. Shunday qilish Alloh taolodan taqvo qiladiganlar boʻynidagi muqarrar haqdir, vazifadir. Bu hukm meros oyatlari nozil boʻlishidan oldin joriy qilingan. Meros oyatlari nozil boʻlganidan keyin esa kim qancha meros olishi tayin boʻlgan.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Baqara • Oyat 179 Keyingi Baqara • Oyat 181